Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Tashkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko'chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30400 | Инструменты