2024-yildan Farg‘ona davlat universiteti hamda Novosibirsk davlat universiteti o‘rtasida “Talabalar almashinuvi dasturi” yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yoshlar masalalari bo‘yicha delegatsiyaning Novosibirsk viloyatiga tashrifida Novosibirsk va Farg‘ona shaharlari “Yoshlar do‘stligi shaharlari” deb e’lon qilindi.
Shuningdek, o‘tkazilgan muzokaralar natijasida “Krokmart” kompaniyalar guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida uy-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarish uchun investisiya kiritilish, stol tennisi va bilyard stollarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Fabrika start” korxonasining Namangan viloyatida filialini ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tashrif davomida o‘zbekistonlik talaba-yoshlar va mehnat migrantlari uchun konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120419 | Инструменты