Huawei 2
2024-yilgi Haj mavsumi uchun ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketishdi

22-maydan 23-mayga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 01:40 da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining ilk reysi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) 240 nafar ziyoratchini olib ketadi va shu orqali 2024-yilgi Haj mavsumini ochadi.

23-maydan 7-iyungacha O‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlar amalga oshiriladi. Bu yil Haj safariga eng koʻp ziyoratchilar Toshkentdan 24 ta reysda 5830 yoʻlovchi boradi. Namangandan 14 ta, Farg‘onadan 6 ta, Samarqanddan 4 ta, Buxoro, Qarshi va Termizdan 3 tadan, Urganch va Navoiydan 2 ta va 1 ta reys Nukusdan amalga oshiriladi. O‘zbekistondan jami 15130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi har yili ziyoratchilarning yaqinlariga  terminal va uning atrofida tirbandlik holatini yuzaga keltirmaslik uchun aeroportga kelmaslikni va o'z yaqinlarini masjidlarda kuzatishlarini tavsiya qiladi. Ziyoratchilar aeroportga tartibli ravishda maxsus avtobuslarda yetib kelishadi, ro‘yxatdan o‘tgach yetarlicha o‘rindiqlar o‘rnatilgan jo‘nab ketish zonasiga yo‘l olishadi. 

Samolyotga chiqishni kutish vaqtida ziyoratchilarga ichimlik va gazaklar taklif etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga