Toshkent metropolitenida qoldirib ketilgan shubhali buyum topildi
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti Toshkent metropolitenida qoldirib ketilgan shubhali buyum topilgani haqida xabar berdi. Natijada belgilangan yo'riqnomaga muvofiq noma'lum buyumda portlovchi moslamalar bor yoki yo‘qligini tekshirish uchun IIV UKSO xodimlari guruhi chaqirilgan.
Farg‘onada IIB xodimi kiyimida video chiqargan qiz jarimaga tortildi
IIO xodimining xizmat kiyimidagi ayol Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan Sh.M. ekanligi aniqlangan. 21-iyul kuni JIB Quva tumani sudi tomonidan ushbu ayolga MJtKning 209-1-moddasi asosan, BHMning ikki baravari (660 ming so’m) miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.
Kollej va texnikumda 5 ta soha boʻyicha oʻqimoqchi boʻlgan xotin-qizlar grant asosida taʼlim oladi
Belgilanishicha, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda oʻqish istagida boʻlgan xotin-qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim oladi hamda ularning xarajati toʻliq davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
“Qamchiq” dovonida "Isuzu" yuk mashinasi tonnel devoriga urilishi oqibatida yonib ketdi
Qayd etilishicha, "Isuzu" avtomobili yukxonasidagi jami 4,2 tonna yukning 95 % mahsuloti yong‘indan saqlab qolindi. Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Farg'onada qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topildi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov davomida ushbu jinoyat sodir etishda gumonlayotgan shaxs 17 yoshli yigit ekanligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. Voqea sodir bo‘lgan kuni gumonlanuvchining yonida bo‘lgan ikki nafar sherikning ushbu jinoyatga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.
Toshkent viloyatida yer olib berish uchun 1,5 mln dollar soʻragan Davlat xizmatlari markazi xodimi ushlandi
Aniqlanishicha, xodim tanishlari orqali fuqaroga Toshkent tumanida joylashgan 10 gektar yerni 24 mln dollarga sotib olib berishini aytib, qaror chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln dollarni berishini talab qilgan. U oldindan 200 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Samarqandda tunda hokimlik binosiga majlisga chaqirilgan ayol YTH oqibatida vafot etdi
Marhumaning qarindoshlarining gapiga qaraganda, o'sha kuni bemavrid vaqtda uni hokimlik binosiga ish yuzasidan yig'ilish uchun chaqirishgan. Ayol o'sha kuni, hatto, yaqin qarindoshing to'yiga ham bormasdan hisobot tayyorlagan va shoshib yo'lga otlangan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar nomi ma'lum bo'ldi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar nomi ma'lum bo'ldi. Birinchi o'rinda - Xitoy.
Sirdaryoda sodir bo’lgan ayanchli YTH ikki fuqaroning umriga zomin bo’ldi
Mazkur yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 20 iyul kuni soat 18:30 atrofida Sirdaryo tumani "Dehqonobod" MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtoyo‘lining 98-kilometrida sodir bo‘lgan.
O'zbekistonda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining IELTS sertifikati bor talabalariga vazir stipendiyasini berish yo‘lga qo‘yiladi
"Agar buni amaliyotga tatbiq etsak, chet tillariga qiziquvchi qolgan talabalar ham ularga ergashib, huddi shunday yuqori natijalarga erishishga intiladi. Buning uchun tibbiyot oliygohlari rektorlari iqtidorli talabalarga alohida e’tibor qaratishi, har bir kafedra o‘qituvchisi ilm yo‘lini tanlagan bo‘lajak yosh mutaxassislarni yaqindan qo‘llab-quvvatlashi zarur", — dedi Amrillo Inoyatov.
O'zbekistonda pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi
Nizomga ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug'i uchun 120 ming so'm miqdorida subsidiya ajratiladi.
Yadro fizikasi institutiga tegishli yashil belbog‘ hududida 6 gektarga yaqin maydon yonib ketdi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ulug‘bek shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi institutiga tegishli yashil belbog‘ hududida 6 gektarga yaqin maydon yonib ketgan.
Xitoydan Qashqadaryoga 100 ta avtobus olib kelinadi
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya prezident topshirig'i bilan Xitoy Xalq Respublikasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Toshkent viloyatida xonadonida “narkolaboratoriya” tashkil qilgan shaxslar qo'lga olindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Statistika agentligi joriy yilning 1-yarim yilligida 60 va undan yuqori yoshda farzandli boʻlgan erkaklar qanchaga yetganini ma'lum qildi
2023-yilning yanvar-iyun oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 2 767 nafarga yetgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52516 | Инструменты