Huawei 1
24-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni taʼsis etiladi

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Chiqindidan qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kunlik muddat beriladi

Qonun loyihasida iste’molchiga chiqindi xizmati uchun qarzdorlikni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlardan qarzdorligi yuzasidan qisqa xabar (SMS) orqali iste’molchi xabardor qilingandan keyin besh kunlik muddat berilishi belgilandi.

Ayrim korxonalarga oltindan suvenir tangalar tayyorlash va sotish huquqi berilyapti

Affinaj korxonalariga qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shakl va miqdorlarga keltirgan holda sotish hamda qimmatbaho metallardan suvenir tangalar tayyorlash va realizatsiya qilish huquqini berish nazarda tutilmoqda.

"Kelgusi yil uchun belgilangan vazifalar ko‘lami juda keng" — Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ko‘lami juda kengligi va qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishish uchun bor kuch ishga solinishini maʼlum qildi.

Tataristondagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi

Tataristondagi chorva fermasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketdi. Ëng‘in bo‘lgan binodan yana 33 kishi xavfsiz tashqariga chiqib olgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fojiada vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilib, vatanga qaytarish masalasi hal qilinayotganini bildirdi.

Qurilish obyektlarida ishlash maqsadida kelgan shaxslar mazkur joylarda vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinadi

Qurilish va uy joy kommunal xo'jaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, texnika xavfsizligi, yong'in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qat'iy rioya etilayotganligini doimiy nazorat qilib borilishini ta'minlaydi.

Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi

5 turdagi davlat xizmatlari proaktiv tarzda hamda 6 turdagi davlat xizmatlari kompozit tarzda ko'rsatish yo'lga qo'yilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi “Texnomart”ni jarimaga tortdi

Savdo tarmog‘idagi mobil telefonlarning muddatli to‘lov narxlari boshqa do‘konlardagiga nisbatan yuqoriligi, shuningdek, reklamalardagi “eng” va “eng yaxshi” kabi so‘zlarni tasdiqlovchi dalillar yo‘qligi aniqlandi.

1-yanvardan ayrim tadbirkorlarga kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

2025-yil 1-yanvardan nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘z bino va inshootlarida umumiy o‘rta taʼlim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi.

Advokatlar tomonidan statistik ma'lumotlarni taqdim qilish tartibi belgilandi

Unga ko'ra, faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma'lumotlar har bir hisobot davri uchun taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122506 | Инструменты