25-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal sur’atda o‘sib, keng ko‘lam kasb etayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Biznes forumi yakunida energetika, neft-gaz, tog‘-kon, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, transport va logistika sohalarida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlarning katta to‘plami imzolandi.

Vashingtonda "Rishton keramikasi: Markaziy Osiyo kulolchilik san'atining gavhari" nomli ko'rgazma va shou-rum ochildi

Ko'rgazma doirasida 5 million dollar miqdorida Rishton keramika mahsulotlarini xarid qilish bo'yicha shartnoma imzolandi.

Ohangaronda Xitoy bilan hamkorlikda aerodrom quriladi

Ohangaron tumanida yuz foiz Xitoy kapitali ishtirokida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan xususiy aerodrom qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Loyiha qiymati 380 million AQSH dollari. Qurilish ishlari joriy yilning ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.

“Tashqi qarzlarni davlat kafolatisiz jalb qilish tizimi yanada kengayishini kutyapmiz” - Mamarizo Nurmurodov

Markaziy bank boshqaruvi raisi 2024-yilda O‘zbekiston hukumati 5 mlrd dollar miqdorida tashqi qarz olishni rejalashtirganini qayd etdi.

Qashqadaryoda Xitoyning yirik kompaniyalari hamkorligida kompyuter qurilmalari ishlab chiqariladi

Loyihaning dastlabki qiymati 30 mln dollar bo‘lib, unda yillik 1 milliondan ortiq mahsulotlar va qurilmalar ishlab chiqariladi.

O'zbekistonlik sirkchilar tishlarida osilish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishdi

Monte-Karlodagi 46-xalqaro festivalda o‘zbek davlat sirki vakillari Darina Matveeva va Sanjar Xasanovlar “Kumush masxaraboz” faxriy mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Yuk va yo'lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo'l varaqalari elektron yuritiladi

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yil 1-oktabrgacha yuk va yo'lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo'l varaqalarini elektron rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish bo'yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi yetakchi xorijiy OTMlarda o'qitiladi

Qarorga ko'ra, tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida ko'p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to'lanadigan internatura tashkil etiladi.

2023-yilda O'zbekistondagi jamoat transportlarida ATTO orqali 369,8 mln tranzaksiya amalga oshirildi

Bu 2022-yilga nisbatan 65,2% ga o'sishni anglatadi. 2023-yil davomida transport kartalari orqali 118 226 283 tranzaksiya amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 54 008 581 tasi tarifli kartalar orqali amalga oshirilgan.

“Sog'liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida “Sog'liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi.

Markaziy bank O‘zbekistonda asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi 25-yanvardagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolangan. Loyiha yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan bo'lib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston banklarining 2023-yildagi reytingi e’lon qilindi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilning IV choragi uchun "Banklar faollik indeksini" hisoblab chiqdi, uning asosida banklar reytingi yangilandi. Indeks 28 ta tijorat banklari: 17 ta yirik va 11 ta kichik banklar uchun hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50220 | Инструменты