Huawei 1
26-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Ukraina O'zbekistonni Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Global tinchlik sammitiga qo‘shilishga taklif qilmoqda

Iyun oyida Ukraina tashabbusi bilan "Tinchlik formulasi" sammiti bo'lib o'tadi. Unda 150 ta davlat yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda. Nikolay Doroshenko Oʻzbekistonning ushbu sammitda ishtirok etishidan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 216 trln so‘mni tashkil etdi

Banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga o‘sib, 109 trln so‘mni tashkil qildi.

Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev qidiruvdagi shaxslar bilan gaplashib turgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev qidiruvda bo‘lgan Sherali va Abduvali Abdullayevlar bilan gaplashib turgani haqidagi videoyozuv tarqaldi. Bosh prokuratura ushbu video yuzasidan izoh berdi.

Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish jadallashtiriladi

“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi

“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda bir haftada qariyb 18 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 206 mln so‘mni tashkil qildi.

Ilk marotaba O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari Kanada va AQSHga eksport qilindi

Shuningdek, Italiya va Hindiston davlatlariga kabel-sim va mis quvurlari eksporti yo‘lga qo‘yildi.

"Bugungi kunda O'zbekistonda 340 661 ta bo‘sh ish o‘rinlari bor" - Bandlik vazirligi

Ularning davlat tashkilotlaridagi soni 86 543 tani, xususiy subyektlardagi soni esa 254 118 tani tashkil etmoqda.

O‘zbekiston AQShning intellektual mulk huquqiga oid qora ro‘yxatidan chiqarildi

O‘zbekiston 2000-yilda ushbu ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolayotgan edi.

Toshkent shahrida eng ko‘p qaysi hudud haydovchilari yo‘lovchilarni tashiyotgani aytildi

Poytaxtda Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari haydovchilari yo‘lovchilarni onlayn-agregatorlar orqali tashimoqda.

Qashqadaryoda voyaga yetmagan qizga jinsiy tegajog‘lik qilgan va undan pul olib kelgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111902 | Инструменты