Huawei 2
29-mart kuni O’zbekiston hududlari bo’ylab havo harorati +13 daraja iliq bo’ladi. Ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi

Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Kunning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Xorazm, Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga