Huawei 1
3-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Qozog'istondagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston yetakchisi tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarga barham berib, o‘t ochishni to‘xtatishga, gumanitar maqsadlarda murosaga kelishga chaqirdi. Falastin-Isroil muammosini BMT rezolyutsiyalariga muvofiq “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etish zarurligi borasida O‘zbekistonning pozitsiyasi qat’iy ekani bildirildi.

Toshkent aeroportida kutib olish hududi ochildi

Yaqin kunlarda u yerda kafe va gul do‘koni ochiladi hamda savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalar uchun zaryadlash punktlari o‘rnatiladi.

O‘zbekiston Prezidentiga Turkiy davlatlar tashkilotining oliy mukofoti topshirildi

Turkiy davlatlar tashkiloti Davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot – “Turkiy dunyoning oliy ordeni”ni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Captiva-5 avtomobillari uchun shartnoma berishni boshladi

UzAuto Motors o’z ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasida amalga oshirgan ishlari natijasida, oyiga 40 000 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichga erishdi. Bu o’z navbatida, kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirdi.

"Urganch" xalqaro aeroportida 50 dona qadimiy tangalarni olib chiqishga uringan fuqaro ushlandi

Hozirda ushbu qadimiy tangalar “Xiva Ichan-qalʼa” davlat muzey qo‘riqxonaga topshirilgan.

Toshkent va viloyat markazlarida ayrim transport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi mumkin

"Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. Loyihaga ko'ra, 2025-yil 1-sentabrdan tashlamalarining normativlarga mosligi tasdiqlanmagan transport vositalaridan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlari hududida foydalanishni taqiqlash choralari qo‘llanadi.

2024-yil uchun abituriyentlarga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Xorazmdagi pedofil amaldorlar sud zalidan qamoqqa olindi

Aybdorlarning har biriga uzil-kesil 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonda 2024-yili 46 ta yo‘nalishda davlat budjetidan jami 28,4 trln subsidiya ajratilishi mumkin

Kelasi yilda davlat budjeti hisobidan ijtimoiy-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, eksportni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi, aholi bandligini ta’minlash kabi sohalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilishi belgilangan subsidiyalarning umumiy qiymati 28,4 trln so‘mni tashkil etadi.

Namangan davlat unversiteti oldida xotinini shafqatsizlarcha o'ldirgan erkak 17,5 yilga qamaldi

Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning "Uzreport.news" manbasiga xabar berishicha, Namangan shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

"Yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermasliklarni so‘raymiz",- deyiladi murojaat matnida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты