Huawei 1
37 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistonning parlamenti aʼzosi bo‘lish, shubhasiz, har bir deputat uchun ulkan sharafdir — Prezident

Bugungi majlis mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi bilan bir kunda o‘tayotganligida ramziy maʼno mujassamligi taʼkidlandi.

Milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz va erkimiz ramzi bo‘lgan bayrog‘imiz o‘tgan davrda yirik xalqaro ilm-fan, madaniyat va sport tadbirlarida va shohsupalarida baland xilpirab, barchamizning qalbimizdan chuqur joy olib, milliy g‘ururimiz timsoliga aylandi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari deputatlarni, ular orqali ko‘p millatli butun xalqimizni bugungi katta bayram bilan samimiy qutladi.

O‘ttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistondek katta davlatning parlamenti aʼzosi bo‘lish, shubhasiz, har bir deputat uchun ulkan sharafdir, dedi Prezident.

Ayni vaqtda xalqimizning hurmat va eʼtiborini, orzu-umidlarini har kuni, har daqiqada his etib, ana shu yuksak ishonchga munosib mehnat qilish – beqiyos masʼuliyat.

“Deputat – bu xalq xizmatchisi, barchaga o‘rnak bo‘ladigan, siyosiy bilimi va ongi yuksak, o‘z Vatanini chin dildan sevadigan insondir.

Oila, mahalla va butun jamiyatda tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini qatʼiy himoya qilishda xalqimiz, barchamiz avvalo sizlarga tayanamiz.

Men Prezident sifatida sizlarni bu yo‘lda doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

Ishonchim komil, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, sidqidildan mehnat qilib, jonajon Vatanimizni albatta tom maʼnoda erkin, obod va farovon mamlakatga aylantiramiz”, - dedi Prezident nutqining yakunida.

Ayni paytda majlis davom etmoqda, deputatlar so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111817 | Инструменты