Huawei 1
4-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O'zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

4-7-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda 5 kunga yuk avtomobillarining harakati vaqtincha cheklanadi

Taʼkidlanishicha, haydovchilar Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan harakatlanishlari mumkin.

Shavkat Mirziyoyev: Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar jarayonlari boshlanganini olqishlaymiz va to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida nutq so'zladi. "Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda. Biz geosiyosiy ziddiyatlar, xavfsizlik muammolari, yirik mintaqaviy mojarolarning hamda barqaror taraqqiyotga nisbatan ijtimoiy va iqtisodiy tahdidlarning kuchayishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ayonki, hech bir mintaqa keng xalqaro hamkorliksiz bu qadar murakkab masalalarni mustaqil holda hal etishga qodir emas", deya ta'kidladi davlat rahbari o'z nutqida.

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish haqida tarixiy qaror qabul qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi sammitda mintaqa mamlakatlarining umumiy siyosiy irodasi tufayli barqaror va ortga qaytmas tus olgan Markaziy Osiyodagi chuqur transformatsiya jarayonlari ko‘pqirrali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Sentyabr oyida Toshkentda mintaqadagi davlat rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodan Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha xalqaro loyihani to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi. Mamlakatimizda 2030-yilga qadar energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish, 24 ming megavatt "yashil" quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

“Buyuk ipak yo‘li” bekatida nogironligi bor shaxslar uchun ko‘targichlar paydo bo‘ldi

Toshkent metropolitenining “Buyuk ipak yo‘li” bekatida sanitariya xonalari ochildi va nogironligi bor shaxslar uchun elektron ko‘targichlar o‘rnatildi. Yil oxirigacha ular yana 16 ta metro bekatiga o‘rnatiladi.

Respublikaning ayrim hududlari jadal kompleks rivojlantiriladi

2026- yil 1-yanvargacha Dastur doirasidagi tuman (shahar) hokimliklarida huquqiy eksperiment tariqasida “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida Loyiha ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev: Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro iqlim forumida nutq so'zladi. "O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotning resurslarni tejaydigan va ekologik toza modeliga o‘tishni boshladi. Bu boradagi eng muhim yo‘nalishlardan biri – “yashil” energetikadir. Yaqin besh yilda qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan energiya ulushini 54 foizga yetkazishni mo‘ljallayapmiz. Bu atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini 16 million tonnaga qisqartirish imkonini beradi", deya ta'kidladi davlat rahbari.

O‘zbekiston prezidenti: Bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Samarqand xalqaro iqlim forumi ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi. Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo oldida turgan dolzarb iqlim muammolari muhokama qilindi, ekologik barqarorlik, "yashil" iqtisodiy taraqqiyot va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda mintaqaviy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

"Har bir muammo yangi imkoniyat yaratadi" - Azizbek Urunov AQSh bojlari haqida

O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov AQSH tomonidan dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga nisbatan keng ko‘lamli bojlar joriy etilishiga izoh berdi. Uning eslatishicha, hozirda O‘zbekiston eksportining 1 foizdan kamrog‘i AQSHga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston to‘lov tizimlaridagi pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi

To‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki narozat qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi.

O'zbekiston elchisi Finlyandiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning Finlyandiyaga yangi tayinlangan elchisi Temur Rahmonov ushbu mamlakat prezidenti Aleksandr Stubbga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Raqobat qo‘mitasi: Ayrim zapravkalarda metan narxi 4 100 so‘mgacha oshgani aniqlandi

Ayrim avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida metan narxi oshgani aniqlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41100 | Инструменты