Kelgusi yilda Angren – Pop temir yo‘l yo‘nalishida ikkinchi liniya qurilishi mumkin. Apreldan To‘qimachi – Angren yo‘nalishida 2-temir yo‘l qurilishi boshlanadi. Shuningdek, Andijon – Xonobod va Qumqo‘rg‘on – Quduqli yo‘nalishlari to‘liq elektrlashtiriladi, Toshkent – Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi liniya quriladi.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li ishga tushishi bilan yuk tashish hajmi 10 karra oshib, yiliga 15-16 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Davlat rahbari yig'ilishda milliy temir yo‘l infratuzilmasini shunga mos ravishda rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
Bugungi kunda temir yo‘llarning 25 foizi to‘liq quvvatda, 15 foizi esa ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda. 2030-yilgacha 545 kilometr yangi temir yo‘l liniyalarini qurish, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Kelgusi yilda Angren – Pop temir yo‘l liniyasi modernizatsiya qilinadi, ushbu yo‘nalishda ikkinchi liniya qurish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Aprel oyidan To‘qimachi – Angren yo‘nalishida ikkinchi temir yo‘l qurilishi boshlanadi.
Shuningdek, Toshg‘uzor – Qumqo‘rg‘on uchastkalarining modernizatsiyasi yakunlanadi, Andijon – Xonobod va Qumqo‘rg‘on – Quduqli yo‘nalishlari to‘liq elektrlashtiriladi, Toshkent – Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi liniya qurishga kirishiladi.
Prezident xalqaro moliya tashkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik mazkur loyihalarda hamkorlik qilishga chaqirdi.
Mavzuga doir:
Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro va Taxtaqoracha dovonidagi yo‘llarda $1,8 mlrdlik loyihalar amalga oshiriladi;
Jahon banki, OTB va boshqa xalqaro banklar bilan Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi yirik trassalar ta’mirlanadi;
Prezident: Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yo‘l emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yo‘l kerak!;
Prezident Jahon banki bilan birgalikda temir yo‘l sohasida yangi tarif siyosati ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112712 | Инструменты