Prezident Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ilmiy-amaliyot markazida transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlat rahbari iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlariga mos ravishda transport tizimini ham rivojlantirish, sohaga katta hajmda investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, aniq natijalarga erishish zarurligini ta’kidladi.
Ma'lum qilinishicha, so‘nggi 10 yilda yo‘l sohasiga 80 trln so‘m ajratilib, 7 ming km yo‘l qayta qurildi, 125 ming km yo‘l ta’mirlandi. Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish, sohaga $20 mlrd mablag‘ olib kirish imkoniyati mavjud.
Hozirda umumiy qiymati $5,6 mlrd bo‘lgan, jami 593 kmlik pulli yo‘llarni qurish bo‘yicha 5 ta loyihaga kirishilgan. Toshkent – Samarqand yo‘nalishida $2,2 mlrdlik yo‘l qurilishi boshlangan, Toshkent – Angren yo‘nalishidagi $1,6 mlrdlik loyiha bo‘yicha tender jarayonlari yakuniga yetmoqda.
Mutasaddilarga Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro yo‘nalishlari va Taxtaqoracha dovonidagi yo‘llar bo‘yicha jami $1,8 mlrdlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etish topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112711 | Инструменты