Hozirgacha hududlarda umumiy qiymati $4 mlrdlik 131 ta loyiha taklifi tayyorlangan. Hokimlarga 1 oyda har bir hududda 1-2 tadan yo‘l va ko‘prikni belgilab, ularni qurish, saqlash va boshqarish sharti bilan investorlarga taklif etishni boshlash topshirildi.
Yo‘l va ko‘priklar qurilishiga tadbirkorlarni keng jalb qilish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bu haqda Prezidentning transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuvida ma'lum qilindi.
Hozirgacha hududlarda umumiy qiymati $4 mlrdlik 131 ta loyiha taklifi tayyorlangan. Hokimlarga 1 oyda har bir hududda 1-2 tadan yo‘l va ko‘prikni belgilab, ularni qurish, saqlash va boshqarish sharti bilan investorlarga taklif etishni boshlash topshirildi. Bunday loyihalar xususiy sektorga texnik-iqtisodiy asoslari bilan birga tayyor paket shaklida taqdim etiladi.
Yo‘llar bo‘yida savdo va servis obyektlarini tashkil etish huquqi ham investorlarning o‘ziga beriladi. Bu kabi loyihalar har bir tumanda bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha $6,5 mlrdlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Urganch – Tuproqqalʼa yo‘li bo‘yicha loyihaga start berildi.
Kelgusi yilda Jahon banki bilan M-41 yo‘lining Surxondaryo viloyatidagi 97 kmini, Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 yo‘lining Qashqadaryodagi 100 kmini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Shuningdek, Islom taraqqiyot banki bilan A-373 yo‘lining Sirdaryodagi 37 kmini, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan esa M-37 yo‘lining Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi 69 kmini rekonstruksiya qilishga kirishiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112711 | Инструменты