Kelgusi yilning mart oyidan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 50 ming tonna polimer bitum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilishda mazkur talab majburiy bo‘ladi, keyinchalik davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarga ham tatbiq etiladi.
Prezident yo‘l sohasida O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan xalqaro moliya tashkilotlariga minnatdorlik bildirdi. So‘nggi yillarda mamlakatda yo‘l qurilishi bo‘yicha malakali mutaxassislar, yirik mahalliy pudratchi va muhandislik-konsalting kompaniyalari shakllangani, zamonaviy texnika bilan ta’minlash borasida ham katta imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.
Xalqaro moliya institutlariga mahalliy mutaxassislarni dunyo miqyosidagi yirik loyihalarga muhandis-konsultant sifatida jalb qilish, yo‘l qurilishida tajriba orttirgan kompaniyalarimizni xorijiy tenderlarda ishtirok etishga tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish taklif etildi.
– Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yo‘l emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yo‘l kerak,– dedi davlatimiz rahbari.
Polimer bitumdan to‘g‘ri texnologiya asosida foydalanish yo‘lning xizmat muddatini 3-4 yilga uzaytirish, yuqori haroratga chidamliligini oshirish va takroriy ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Kelgusi yilning mart oyidan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 50 ming tonna polimer bitum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Yil yakuniga qadar ishlab chiqarish quvvatini kamida 100 ming tonnaga yetkazish topshirildi.
Urganch – Xiva pulli yo‘lining asfalt-beton qoplamasida ilk bor geotekstil materiali qo‘llanildi. Ushbu texnologiya yuklamani teng taqsimlash, qoplamani deformatsiyadan saqlash va yo‘lning xizmat muddatini 4-5 yilga uzaytirishga xizmat qiladi. Mutasaddilarga polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanishni yo‘l qurilishi standartlariga kiritish vazifasi qo‘yildi.
Kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilishda mazkur talab majburiy bo‘ladi, keyinchalik davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarga ham tatbiq etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112711 | Инструменты