489 nafar fuqaroga kechiktirilgan 3,8 mlrd. so‘m ish haqlari undirib berildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov maʼlum qildi.
Prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 7 000dan ziyod oilaga har tomonlama ko‘mak berildi, ularning 3750 nafar ishsiz aʼzosining ishga joylashtirilishi, 154 ta oilaga yangi uy - joylar qurib berilishi, 740 dan ortig‘ining turar - joylari taʼmirlanishi taʼminlandi.
4 176 nafar yoshlarning ish bilan taʼminlanishida, 2 173 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 5 815 nafariga o‘zini - o‘zi band qilishida, 5 270 nafarining kasb - hunar va xorijiy tillarni o‘rganish kurslarida o‘qitilishida ko‘maklashildi.
Ekologik muhitni saqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishining oldini olishga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘rganishlar davomida 116 nafar shaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 15 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi hamda 30 239 gektar noqonuniy egallangan yerlar o‘rmon fondi hisobiga qaytarildi.
Yangi yondoshuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 1 mln. 946 mingta oilaga har tomonlama ko‘mak berilishi, ularning 365 ming aʼzolari ishga joylashtirilishi natijasida 986 mingta muhtoj oilalarning turmush sharoitlari yaxshilanib, kambag‘allikdan chiqarilishiga erishildi.
O‘rganishlarda ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan holda reyestrga kiritilmagan 5 ming 274 ta oila reyestrga kiritilib, davlat ijtimoiy himoyasiga olinishi taʼminlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13122 | Инструменты