5,1 mln nafar yoshlar "Besh tashabbus olimpiadasi”ning ommaviy sport musobaqalarida qatnashdi. Bu haqda Sport vazirligi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov maʼlum qildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning sport turlari soni 9 tadan 13 taga ko‘paytirildi.
Shuningdek, sport musobaqalari 6 ta yo‘nalishda - mahalla – maktab – professional taʼlim – oliy taʼlim – maktab o‘qituvchilari – idoralar xodimlari o‘rtasida tashkil etilmoqda.
Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab, 17-30 yoshli yoshlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha uch bosqichli "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi" kubogi musobaqalari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan Paralimpiya sport musobaqalarining birinchi bosqichi, sektorlararo tuman (shahar) bosqichidan boshlanib, 18 350 nafar yoshlar qamrab olindi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida joriy yil sentyabr oyidan boshlab, umumtaʼlim maktab o‘quvchilari va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 3 bosqichli, oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida esa to‘rt bosqichli musobaqalarga start berildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida joriy yil yakuniga qadar respublikada sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini 10 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100320 | Инструменты