Huawei 1
9 oyda 6,5 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, reja 108%ga bajarildi

2024-yil yanvar-sentyabr oylarida 6,5 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, reja 108%ga, o‘tgan yilga nisbatan esa 116 %ga bajarildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekgidroenergo” AJ axborot xizmati rahbari Ravshan Boyqulov maʼlum qildi.

Namangan viloyati Norin daryosida quvvati 228 MVt, 6 ta GESdan iborat kaskad barpo qilinmoqda. Buning natijasida yiliga 1 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib 430 ming xonadon yoki 2 mln aholiga elektr uzatiladi.

Mazkur GESlar kaskadi Jamiyat tasarrufidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan uskuna va texnologiyalar asosida quriladi. Yaʼni, u mamlakatimizda “birinchi milliy GES” bo‘ladi.

Bu stansiyalarda 133 nafar xodim, qurilish davrida esa 5 mingga yaqin ishchi faoliyat yuritadi.

Jamiyat va uning tarkibidagi tizim korxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 2024 yilning 9 oyi davomida jami 261 ta, shundan 30 tasi (11,5%) og‘zaki, 71 tasi (27,2%) yozma, 160 tasi (61,3%) elektron shaklda murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga (350 ta) nisbatan 89 ta yoki 1,3 martaga kamaygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты