Huawei 1
9 oyda o'zbekistonliklar chet elga eng ko'p nima maqsadda chiqqani ma'lum qilindi

2022-yilning 1-oktyabr holatiga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga safar maqsadlari turlicha bo'lgan. Ulardan eng ko'pi qarindoshlarini yo'qlash uchun chet elga chiqib ketgani ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, 3,2 mln nafar o'zbekistonlik qarindoshlarni yo‘qlash uchun, 502,9 ming kishi dam olish, 124,1 ming kishi o‘qish, 36,9 ming kishi davolanish maqsadida 11,2 ming kishi esa xizmat yuzasidan chet elga borgan.

Ma’lumot uchun  2022-yilning 1-oktyabr holatiga 3,9 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Ta'kidlash kerakki, yurtimizda doim turizm sohasiga katta e'tibor qaratiladi. Xususan, yaqinda O‘zbekistonda eng yaxshi turistik loyihalarga $20 milliongacha kredit ajratilishi aytildi. Markaziy bankka 1-noyabrgacha turizm xizmatlari uchun $100 millionlik kredit liniyasini ochish topshirildi.

Mavzuga doir

O‘zbekistonga o'tgan 8 oyda qancha turist kelgani ma'lum qilindi

Iyul oyida O'zbekistonga eng ko'p qaysi davlatlardan turistlar keldi?

2021-yilda O'zbekistonga 1,8 mln turist tashrif buyurgan

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101613 | Инструменты