Huawei 1
O‘zbekistonga o'tgan 8 oyda qancha turist kelgani ma'lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.    

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln nafarga yoki 1,9 baravarga oshgan.

O‘zbekistonga 8 oyda oyda eng ko‘p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?    

  • — Qozog‘iston –  922,7 ming nafar;
  • — Qirg‘iz R. –  821,9 ming nafar;  
  • — Tojikiston –  814,5 ming nafar;  
  • — Rossiya –  316,9 ming nafar;  
  • — Turkiya – 45,8 ming nafar;
  • — Janubiy Koreya – 10,9 ming nafar;
  • — Germaniya – 10,3 ming nafar;    
  • — AQSH – 7,8 ming nafar;
  • — Hindiston – 6,7 ming nafar;  
  • — Fransiya – 6,4 ming nafar;
  • — Ozarbayjon – 6,1 ming nafar;
  • — Isroil – 6,6 ming nafar;  
  • — Buyuk Britaniya – 6 ming nafar;
  • — Italiya – 4,7 ming nafar;  
  • — Ispaniya – 3,1 ming nafar.


Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonga joriy yil iyun oyida xorijdan 500 mingga yaqin turist tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101615 | Инструменты