Huawei 1
Adham Ikramov Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi bo'ldi

Ikramov Adham Ilhomovich Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi lavozimiga saylandi.

Shu o'rinda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ma'lumot uchun, Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi yangi taʻsis etilgan lavozim bo'lib, unga Prezident tavsiyasi bo'yicha Adham Ikramov saylandi. Bu jamoatchilik asosidagi lavozim hisoblanadi.

Ayni vaqtda Adham Ikramov Sportni rivojlantirish vaziri sifatida ham faoliyatini davom ettirmoqda.

Ikramov 1968-yil 20-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.

U shu kunga qadar quyidagi lavozimlarda ishlagan:

1994-1998 yy. - Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi laparoskopiya bo‘limi jarroh-shifokori

1998-2004 yy. - Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi kompyuter tomografiya bo‘limi mudiri

2004-2007 yy. - Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi direktori o‘rinbosari

2007-2009 yy. - Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

2009-2012 yy. - Sog‘liqni saqlash vaziri

2012-2015 yy. - Bosh vazirining o‘rinbosari - Madaniyat, taʼlim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari

2015-2016 yy. - Bosh vazirining o‘rinbosari - Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbari

2016-2017 yy. - Bosh vazirining o‘rinbosari - Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari - Sog‘liqni saqlash vaziri

2017-2017 yy. - Bosh vazirining o‘rinbosari - Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari

2017-2017 yy. - Prezident Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

2017-2022 yy.  - O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Abdulla Abduqodirov Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, Akbar Musayev va Rustamxon Azizov esa agentlik bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi. Shuningdek, bugun Rahimjon Hakimov prezident maslahatchisi o'rinbosari lavozimiga tayinlangani va Murtaza Qarshibayev esa O‘zbekiston Prezidenti Spichrayteriga o‘rinbosar etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111410 | Инструменты