Huawei 1
Afgʻoniston va Oʻzbekistonga tegishli davlat raqamlarida harakatlangan yuk mashinasi yuzasidan maʼlumot berildi

Surxondaryoda yuk mashinasi Afgʻoniston va Oʻzbekistonga tegishli alohida-alohida davlat raqamlarida harakatlangani haqida videolar tarqaldi.

Viloyat Bojxona boshqarmasi holatga izoh berishicha, mazkur yuk avtotransport vositasi Oʻzbekistonga tegishli boʻlib, davlat raqam belgisi 75 398 VAA ekani aniqlangan va belgilangan tartibda nazoratga olingan.

Xususan, 2024-yil 26-yanvar kuni ushbu yuk avtotransport vositasi “Ayritom” chegara bojxona postida toʻxtatilgan.

Yuk mashinasiga tegishli hujjatlar koʻzdan kechirilganda, avtotransport vositasiga Afgʻonistonga tegishli BLH 283 raqami taqilgan holda harakatlangan holatlar mavjudligi sababli, avtotransport vositasi qonuniy chora koʻrish uchun viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100306 | Инструменты