Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari fuqarolar A.N. va D.I. fuqaro A.J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida aylanma yo‘llar orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 14000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlagan.
Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi fuqaro F.U. fuqarolar Q.H. va S.K.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimdagi tanishlari yordamida Angliyaga ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSH dollari va 2,5 mln so‘mni qo‘lga kiritganini aniqlagan.
Mazkur holatlar yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100319 | Инструменты