Huawei 2
Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari qanday?

Markaziy dehqon bozorlaridagi alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari (14 iyul  holati bo'yicha) taqdim qilindi.

Mol go'shti (suyaksiz go'shtidan tashqari) 38 000 so'mdan 65 000 so'mgacha (kg)

1 kg mol go'shtining (suyaksiz go'shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori" ning arzonlashtirilgan go'sht rastasida qayd etilgan (38 000 so'm).

Mol go'shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, "Farhod dehqon bozori" va "Mirobod dehqon bozori" da kuzatilgan (65 000 so'm).

Qo'y go'shti 39 000 so'mdan 75 000 so'mgacha (kg)

Qo'y go'shtining minimal narxi Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori" da (39 000 so'm) ro'yxatga olingan.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da(75 000 so'm) kuzatilgan.

Kartoshka 1 500 so'mdan 6000 so'mgacha (kg)

Chirchiq shahrining "Chirchiq dehqon bozori" dasotuvda bo'lgan yirik bo'lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (1 500 so'm) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori" da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6000 so'm) qayd etilgan.

Piyoz 750 so'mdan 3 000 so'mgacha (kg)

Termiz shahrining "Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori" da sotuvda bo'lgan mayda piyozning narxi minimal narx sifatida (750 so'm) ro'yxatga olingan.

Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori" da sotuvda bo'lgan saralangan piyozning narxi kuzatilgan (3 000 so'm).

Sabzi 1 000 so'mdan 5 000 so'mgacha (kg)


Sabzi mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori" va Jizzax shahrining "Eski shahar dehqon bozori" da (1 000 so'm) qayd etilgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori" da sotuvda bo'lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 so'm) ro'yxatga  olingan.

Tuxum 6 000 so'mdan 12 000 so'mgacha (10 dona)

Andijon shahrining "Yangi bozor dehqon bozori" va "Andijon shahar markaziy dehqon bozori", Samarqand shahrining" Siyob dehqon bozori", Guliston shahrining "Guliston dehqon bozori", Yangiyo'l shahrining" Ixtisoslashgan Yangiyo'l shahar dehqon bozori" va Toshkent shahrining “Farxod dehqon bozori”da sotuvda bo'lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etilgan (6 000 so'm).

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori" da qayd etilgan(12 000 so'm).

Guruch 4 700 so'mdan 18 000 so'mgacha (kg)

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori" da ro'yxatga olingan ("Nukus 2"navli guruch 4 700 so'm).

Maksimal narx esa, Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori" da kuzatilgan ("Lazer" navli guruch 18 000 so'm).

O'simlik yog'i 8 400 so'mdan 14 500 so'mgacha (litr)


O'simlik yog'i mahsulotlarining minimal narxi Toshkent shahrining "Qo'yliq dehqon bozori" da (mahalliy paxta yog'i 8 400 so'm) kuzatilgan.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yog'i 14 500 so'm) kuzatilgan.

Shakar 5 800 so'mdan 7 000 so'mgacha (kg)

Shakar mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining "Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori" da, Guliston shahrining "Guliston dehqon bozori" da, Toshkent shahrining "Farhod dehqon bozori"," Mirobod dehqon bozori", "Eski jo'va dehqon bozori" va "Qo'yliq dehqon bozori" da (5 800 so'm) qayd etilgan.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”va "Mirobod dehqon bozori" da (7 000 so'm) kuzatilgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga