Andijon aeroporti 20-martdan muntazam yoʻlovchi qatnovlarini qabul qila boshlaydi. Birinchi reys Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
18-mart kuni Silk Avia US601/US602 reyslari uchun chiptalar sotuvi boshlandi, ular ATR-72-600 samolyotlarida seshanba va payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish 11:20, Andijonga yetib kelish 12:20;
- Andijondan jo‘nash soat 13:00, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.
Kelgusida Andijon aeroportiga xalqaro reyslarni qayta yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
Aytib oʻtilganday, Andijon aeroportda rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlandi, uning doirasida aerodrom majmuasining salmoqli qismi, jumladan, uzunligi 3300 metr va kengligi 60 metr boʻlgan yangi 4E toifali uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlagi va 3 ta samolyotlar toʻxtash joyi bo’lgan perron qurilishi yakunlandi. Terminal binosi esa, hozirgi holatida qolmoqda. Terminal qismidagi ishlar rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31902 | Инструменты