Farg‘onada 20 ming tomoshabin qarshisida o‘tgan O‘zbekiston kubogi-2024 finalida vodiyning ikki jamoasi «Andijon» «Navbahor»ga qarshi to‘p surib, 122-daqiqadagi gol evaziga o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylandi va 2025 yilda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashadigan bo‘ldi.
Finalga bo‘lgan qiziqish qanchalik yuqori ekanligini vodiyning uch viloyati Farg‘ona, Namangan va Andijon hokimlari ham bu bahsni tomosha qilish uchun «Istiqlol» stadioniga kelganidan ham bilsa bo‘ladi.
35-daqiqada namanganliklar vakili Abrorbek Ismoilov hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada Muhammadkarim Toirov farqni tenglashtirdi – 1:1.
116-daqiqada Andijon jamoasi Islom Mamatkazinning goli evaziga g‘alabani ilib ketgandek edi, ammo Toma Tabatadze 118-daqiqada hisobni tenglashtirdi va jamoalar penaltilar seriyasiga o‘tadigandek edi, go‘yo. Ammo bunga andijonliklar himoyachisi Vladimir Bubanya rozi bo‘lmadi va 120+2-daqiqadagi goli evaziga «Andijon»ga o‘z tarixidagi eng muhim g‘alabani keltirdi.
Shu tariqa, «Andijon» o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogi sohibiga aylanib, keyingi yil OCHL-2da ishtirok etadigan bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты