Huawei 1
Qirg‘izistonda to‘y va ma’rakaga ortiqcha pul sarflaganlar jarimaga tortilishi mumkin

Qirg‘izistonda to‘y va dafn marosimlarida ortiqcha xarajat qilganlar 100 ming somdan 300 ming somgacha (salkam 15 million so‘mdan 45 million so‘mgacha) jarimaga tortilishi mumkin. Jogorku Kenesh qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Gap “An’analar, marosimlar va tantanalarni o‘tkazishda isrofgarchilikni cheklash to‘g‘risida”gi va “Qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihalari haqida ketmoqda. 

Deputat Zamirbek Mamasodiqov, Shairbek Tashiyev qonun loyihalari tashabbuskorlari hisoblanadi.

Ular qonun loyihasining maqsadi an’analar, marosimlar va tantanalarni o‘tkazishda ortiqcha sarf-xarajatlarni cheklash ekanini aytmoqda. 

Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda kiritish taklif etilmoqda:

1381-modda. Oilaviy tantanalar va urf-odatlarni o‘tkazishda ijtimoiy manfaatlarni ta’minlash qoidalarini buzish.

1. Oilaviy tantanalar va urf-odatlarni tashkil etish hamda o‘tkazish uchun mas’ul shaxslar tomonidan isrofgarchilik sohasidagi qonuniy talablarning buzilishi

  • jismoniy shaxsga (tantana egasiga) 3000 hisob-kitob ko‘rsatkichi miqdorida jarima solishga,
  • yuridik shaxsga (umumiy ovqatlanish muassasasiga) 1000 hisob-kitob ko‘rsatkichi miqdorida jarimaga olib keladi.

2. Dafn va xotirlash marosimlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul organlarni 2000 hisob-kitob ko‘rsatkichi miqdorida jarimaga solish ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13010 | Инструменты