Huawei 1
Koreyaning Pusan ​​aeroportida yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi

Janubiy Koreyaning Pusan xalqaro aeroportida yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi, 170 dan ortiq yo‘lovchi va ekipaj a’zolari evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Yonhap.

Air Busan samolyoti Pusan xalqaro aeroportidan Gonkongga uchayotgan edi. Samolyotning dumi mahalliy vaqt bilan 22:30da parvoz qilishdan oldin yonib ketgan. Samolyot bortida 169 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

E’lon qilingan kadrlarga qaraganda, samolyotning dum qismidan boshlangan yong‘in butun fyuzelyajni qamrab olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13010 | Инструменты