Ko'rfaz nomi AQSh geografik nomlari ma'lumotlar tizimi yangilanganidan keyin o'zgartiriladi
Google kompaniyasi AQSh prezidenti Donald Trampning buyrug‘iga asosan o‘zining Google Maps ilovasida “Meksika ko‘rfazi” nomini “Amerika ko‘rfazi”ga o‘zgartiradi.
Google Maps'ga egalik qiluvchi va boshqaruvchi texnologiya kompaniyasi X Platformasida “nom o‘zgarishlarini hukumatning rasmiy manbalarida yangilangandan keyin amalga oshirish bo‘yicha uzoq yillik amaliyotga” ega ekanligini yozdi.
O'zgarishlarni AQShdagi foydalanuvchilar ko'rishadi, ammo Meksikada bu nom o'zgarishsiz qoladi - "Meksika ko'rfazi". Ushbu ikki davlatdan tashqarida foydalanuvchilar Google Maps'da ikkala nomni ham ko'radi.
Google shuningdek, Oq uy rahbarining ko'rsatmasi bilan Shimoliy Amerikadagi eng baland cho'qqi, Alyaskadagi Denali tog'i yana MakKinli nomini olishini ma'lum qildi.
O'zgartirishlar AQSh geografik nomlari axborot tizimi yangilanganidan keyin amalga oshiriladi.
Amerika ko'rfazidagi tortishuvlar
Tramp 7-yanvar kuni Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ilk bor Meksika ko‘rfazini “Amerika ko‘rfazi” deb qayta nomlash masalasini ko‘tardi.
Amerika davlati rahbari 20-yanvar kuni qasamyod qabul qilish marosimidagi nutqida AQSh tez orada Meksika ko‘rfazining nomini “Amerika ko‘rfazi”ga o‘zgartirishini yana bir bor ta’kidladi.
O‘sha kuni Tramp Oq uyda Meksika ko‘rfazining nomini “Amerika ko‘rfazi” deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13009 | Инструменты