Huawei 1
Rossiya delegatsiyasi Suriyada hokimiyat almashganidan keyin birinchi marta Damashqqa bordi

Rossiya delegatsiyasi Suriya poytaxti Damashqqa tashrif bilan bordi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, delegatsiya tarkibida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Bogdanov va Rossiya prezidentining SAR boʻyicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev bor.

Qayd etilishicha, Rossiya rasmiylarining Damashqqa bu tashrifi Suriyada hokimiyat almashganidan keyingi birinchi tashrif bo‘lgan.

28-noyabr kuni qurollangan suriyalik muxolifat guruhlari Aleppo viloyatining g‘arbiy hududlarida hukumat qo‘shinlariga qarshi yirik hujum boshladi. Natijada ular Halab, Xoms, Xama va Damashq shaharlarini nazorat ostiga oldilar. Suriya armiyasi qoʻmondonligi Suriya prezidenti Bashar al-Asadning hukmronligi “tugaganini” eʼlon qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Asad “hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirish boʻyicha koʻrsatma berib” davlat rahbari lavozimini tark etishga qaror qilganini va Suriyani tark etganini maʼlum qildi. Keyinroq Suriyaning sobiq prezidenti Moskvaga oila aʼzolari bilan kelgani maʼlum boʻldi. Kremlning bildirishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan Asadga boshpana berishga qaror qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13009 | Инструменты