Huawei 1
Andijonda bir yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi

31-oktyabr kuni soat 17:33 da Andijon viloyati, Asaka tumani “Nurafshon” mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 2023-yilda tug‘ilgan qiz farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizaloqni olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. 

Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxona yuborilgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi va shifokorlar nazoratida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110115 | Инструменты