Huawei 1
Toshkentda 3 yoshli bolani shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirgan shaxs 24 yilga qamaldi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida S. M.ga (erkak, 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) oid jinoyat ishini birinchi instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi S. Abdug‘aniyev raisligida ko‘rib chiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq S. M. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “j” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “j”, “r” bandlari, 219-moddasi 2-qismi va 251-1-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shu bilan birga Jinoyat kodeksining 50-moddasi 9-qismiga asosan sudlanuvchiga tayinlangan jazoning dastlabki 4 yilini turmaga qamash tariqasida va qolgan qismini qattiq tartibli koloniyalarda o‘tattirilish belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112917 | Инструменты