Andijon shahar Mangulik koʻchasi hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida oʻzlarida shubha uygʻotgan bir guruh shaxslar Ichki ishlar organi hodimlari tomonidan ushlanib, tekshirilgan.
Shunda Andijon shahrida yashovchi 2 erkakning sumkasidan 8 dona “Tropikamid”, 43 dona “Regapen” kabi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topilgan. Ulardan yana birining sumkasidan esa 6 dona “Tropikamid” va 24 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Bundan tashqari, shu guruh a'zolari bo'lgan 2 ayolning yonidan 2 dona “Tropikamid” va 1 dona “Regapen" topilgan. Yana bir ayoldan esa 89 dona ayollar va erkaklar jinsiy xirsini uygʻotuvchi turli xil dori vositalari, 10 dona homila tushiruvchi, 4 dona “Kanbamazepin” dorilari hamda 9 dona “himoya vositasi” borligi aniqlangan.
Barcha topilgan dori vositalari Andijon shahar IIO FMB ixtiyoriga olindi. Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir
Andijonda salkam 2 kg gashishni $11 mingga sotmoqchi bo'lgan ayol ushlandi
Ohangaronda jami 88 ta kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni olib ketayotgan haydovchi IIBga topshirildi
Alpha version: 0.9.1.19 build 82400 | Инструменты