Joriy yil 13-avgust kuni Andijon viloyatining Xo‘jabod tumanida giyohvandlik moddasining oldi-sotdisi bilan shug'ullanuvchi ayol qo'lga olindi.
Ushbu ayblanuvchi ayol 39 yoshda bo'lib, Andijon viloyati Qorasuv shahrida yashab kelgan. U 1 900 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 11 000 AQSH dolariga baholab, maxsus xaridorga sotish maqsadida “Do‘stlik” bojxona postidan Qirg'izistonga olib chiqmoqchibo'lgan. Bu paytda u bojxonadan o'tish uchun, og'ularini qorniga yashirib, kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tmoqchi bo'lgan. Ammo "buzoqning yugurgani somonxonagacha" zaylida, ayol bojxonaning o'zida qo'lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yuqorida keltirilgan ikkala modda bilan ham ayol 10 yildan 20 yilgacha bo'lgan muddatga qamalishi mumkin.
Hozirda olingan giyohvand moddasining manbasini aniqlashga qaratilgan tezkor-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Ayollar sodir etgan jinoyatlar bo'yicha berilgan xabarlar
Toshkentda ayol hamkasbini pichoqlab, o'ldirdi
Namanganda Haj ziyoratiga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarni chuv tushirgan ayol ushlandi
Tanishini "davolatmoqchi" bo'lgan ayol uning $2 minglik tillalarini olib, sotib yuborgan
Alpha version: 0.9.1.19 build 82405 | Инструменты