28 noyabr kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Rustam Jaloldinov 3-sektor hududidagi maktablarning ayrim o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Bu haqda xabar bergan tuman hokimligi matbuot xizmati uchrashuv “qizil toifadagi” o‘quvchilar bilan bo‘lganini yozgan.
“Xo‘jaobod tumani 3-sektor hududida joylashgan maktablardagi 18 nafar qizil toifadagi o‘quvchilar bilan tuman IIB boshlig‘i Rustam Jaloldinov va Xalq qabulxonasi mudiri D.Komiljonovlar tomonidan kelgusida o‘quvchilarni qiziqishlari bo‘yicha suhbat tashkil etildi”, – deyiladi hokimlik xabarida.
Rasmiylarga ko‘ra, uchrashuvda o‘quvchilar bilan “maktabdan keyingi mustaqil hayotdagi rejalari haqida” birma-bir suhbat olib borilgan va kerakli tavsiyalar berilgan.
Xabarga ilova qilingan suratlarda ro‘mol o‘ragan o‘quvchi qizlar (9 nafar) va bir necha yigitni ko‘rish mumkin. “Suhbatda” bir qancha masʼullar ham qatnashgani ko‘rinadi.
Tuman hokimligi o‘z xabarida voyaga yetmagan bolalar “qizil guruhda” ekanini qayd etish bilan ularga salbiy bo‘yoq bergan, suratlarda ularning yuzlari ochiq holda qoldirgan.
Bolalar qaysi xususiyatiga ko‘ra “qizil guruh”ga kiritilganiga izoh berilmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты