Huawei 1
Andijonda paxta klasteriga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Khantex Group” MCHJga nisbatan manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi uchun tegishli ta’sir chorasi qo‘llandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida, “Khantex Group”  MCHJ tomonidan 2023-2024 yillarda 8000 tonna hamda 2024 yil mart va aprel oylarida 8000 tonna paxta texnik chigit mahsulotlari birja savdosiga oylik tasdiqlangan grafik asosida qo‘yilishi ma’lum bo‘lgan. Biroq korxona tomonidan 2024 yil mart oyida 3000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdosiga umuman qo‘yilmagani aniqlangan. 2024 yil aprel oyida 5000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdolariga qo‘yilishi tahlil qilinganda, 3000 tonnalik qismi savdoga qo‘yilgani hamda tasdiqlangan reja-grafikdan 2000 tonna kam chiqarilmagani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, klaster korxona tomonidan 2024 yil aprel oyida paxta 3000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdolariga boshlang‘ich narxi 1 tonna uchun 2 million 600 ming so‘m narx belgilanib, narx o‘zgarishlari bilan mahsulotni xar bir tonnasi 2 million 652 ming so‘mdan jami 7 956,0 million so‘mga sotilgan hamda jamiyat ishtirokidagi 2024 yil 1 fevral kundagi birja savdosiga 3000 tonna mahsulotni birja savdolariga boshlang‘ich narxi 1 tonnasi uchun 2 million 600 ming so‘m narx belgilansa-da, 2 million 605 ming so‘mdan sotilgan.

Oqibatda ushbu mahsulotni birja savdolarida shakllangan o‘rtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslaganda, mahsulot narxlarini yuqori qo‘llash ortidan jami 380 million so‘mga yaqin miqdorda tafovut chiqqan.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Andijon viloyati hududiy boshqarmasining maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “Khantex Group” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102318 | Инструменты