Huawei 1
Andijonda YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

1-avgust kuni Andijon viloyatida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Baliqchi tumani hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lining 104-105 kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1963-yilda tug‘ilgan T.A. o‘zining Nexia-2 rusumli transport vositasini tuman markazi tomonidan boshqarib kelib (tuman sud oldi, tartibga solingan chorraha) asosiy yo‘ldan kelayotgan Zil-130 yuk avtomashinasini o‘tkazib yubormasdan, chap tarafga burilish uchun keskin harakatlangan. Zil-130 avtomashinasi haydovchisi tormoz bosishga ulgurmasdan Nexia-2 avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida Nexia-2 haydovchisi tuman shifoxonasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohati tufayli vafot etgan.

“Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11318 | Инструменты