Huawei 1
Asalhoneyning qotili uni qanday o‘ldirganini aytib berdi

2022-yil 18-mart kuni Instagramda Asalhoney nomi bilan tanilgan bloger Asal Xo‘jayevaning jasadi o‘z xonadonidan topilgan edi. Uning qotili topildi va u qotillikni qanday sodir etganini aytib berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qotillikni Xorazm viloyatida tug‘ilgan Karimbergan ismli shaxs sodir etgan. Bloger jasadi topilganidan 1-3 kun oldin o‘ldirilgan. Qotil Asalhoney bilan internetda tanishib, telefon qilganida bloger uni haqorat qilgan. Shundan keyin qotil Instagram orqali Asalhoneyning uy manzilini aniqlagan. Keyin uyga borib, eshikni taqillatgan, eshikni ochgan blogerning qorniga pichoq urgan.

Qotil yerga yiqilgan Asalhoneyni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Keyin uyidagi 31 million so‘mlik boyliklarini qo‘lga kiritgan. Yetmaganiga blogerning kartasidagi 1 million so‘mni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgan. Shundan keyin tongda uyni tark etgan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97 va 164-moddalari bilan ish ochilib ish materiallari sudga oshirilgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga