Buxoroda issiqxona 3,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “K.E.S.S.” MCHJ ish yurituvchisi I.M. jamiyatga qarashli issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin ravishda ulash orqali foydalanib kelish oqibatida 3,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat ish yurituvchisi I.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Samarqandda 621,8 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan nonvoyxona aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21213 | Инструменты