Huawei 1
Avtobusda naqd pul to‘laganlar jarimaga tortilishi inkor etildi

Toshkentdagi avtobuslarda 2025-yil 1-yanvardan boshlab naqd pul qabul qilish to‘xtatilgandi. Keyinroq Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev O‘zAga Toshkentdagi avtobuslarda yo‘l haqini naqd ko‘rinishida berganlar jarimaga tortilishini aytgandi.

Transport vazirligi avtobusda naqd pul to‘laganlar jarimaga tortilishini inkor etdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, jarima chiptasiz yurganlik uchun belgilanadi.

"Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlarida naqd pulda to‘lov qilgan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar joylanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 144-moddasida yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan", deyiladi vazirlik izohida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10922 | Инструменты