Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish tarkibida avtomobil transporti yetakchilik qilmoqda. Uning jami yo‘lovchi tashish hajmidagi ulushi – 95,9 % ni tashkil etmoqda.
Avtomobil transportida tashilgan yo‘lovchilar umumiy hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:
— Toshkent shahri – 20,9 %
— Toshkent viloyati – 12,3 %
— Andijon viloyati – 11,5 %
— Farg‘ona viloyati – 11,0 %
— Samarqand viloyati – 7,4 %
— Xorazm viloyati – 7,3 %
— Namangan viloyati – 7,1 %.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты