Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan 2025-yilning yanvar-fevral oylarida 125 ta nazorat chora-tadbirlari amalga oshirildi.
Reydlar davomida 94 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Jami jarimalar miqdori 423 million so‘mni, tabiatga yetkazilgan zarar esa 28 million 136 ming so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, 26—28-fevral kunlari Aydar-Arnasoy ko‘llari hududida suvda qolib ketgan noqonuniy baliq ovlash to‘rlarini bartaraf etish bo‘yicha reyd o‘tkazildi. Natijada Navoiy viloyatidagi Aydarko‘ldan har biri 100 metr uzunlikdagi 100 dona, Tuzkon ko‘lidan har biri 100 metr uzunlikdagi 70-80 dona, Arnasoy ko‘lidan esa har biri 100 metr uzunlikdagi 50-60 dona to‘r olib tashlandi.
Ko‘l hududida nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun: Avvalroq Jizzax viloyati Arnasoy tumani hududida o‘tkazilgan reyd davomida hayvonlar dunyosiga 487 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan noqonuniy baliq ovlash holati aniqlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31822 | Инструменты