Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan 150 ga yaqin qayiqlar muhrlandi.
Hududning baliqchilikka ixtisoslashgan "Dilrabo" x/k, "Aydar oltin baliq" MCHJ, "Majiddin" x/k, "Sultonbek-Akram" f/x, "Amir Talgat" fx, "Erali Ernar" MCHJ, "Jahongir fishing" MCHJ, "Alisher golden fish" MCHJ va boshqa xo‘jaliklardagi qayiqlar muhrlandi. Shuningdek, hududda shubhali ko‘ringan shaxslar bilan suhbat o‘tkazilib, tegishli tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari tunu kun davom etirilmoqda.
Taqiqlangan davrlar baliqlarning urchish-urug'lanish, ya'ni ko'payish davri hisoblanadi. Baliqlar urchish davrida tuxum qo'yadi va nasl ko'paytiradi. Agar bu davrda baliqlar ovlansa, ularning soni keskin kamayib, turlar yo'qolish xavfi tug'iladi. Taqiqlangan davr va taqiqlangan hududda baliq ovlash hamda baliq ovlash qoidalarini buzganlik ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 9-fevraldagi 80-sonli qaroriga muvofiq yurtimizdagi daryolar va suv havzalarida baliq ovlash taqiqlangan. Unga ko‘ra, Aydar-Arnasoy ko‘llari hududida 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash mumkin emas.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42700 | Инструменты