Huawei 1
Taxtaqoracha dovonida halok bo‘lganlarning ikki nafari Vengriya fuqarosi bo‘lgan

Avvalroq, Taxtaqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qolgani haqida xabar bergan edik

O‘zbekistonning Vengriyada elchixonasining xabar berishicha, halok bo‘lganlarning ikki nafari Vengriya fuqarosi bo‘lgan. 

"O‘zbekistonning Vengriyada elchixonasi "Kitob-Samarqand" yo‘lida Qashqadaryo viloyatida toshlar qulab tushishi natijasida ikki nafar Vengriya fuqarosining fojiali halok bo‘lganligi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildi.

Vafot etganlarning yaqinlariga va oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Ushbu baxtsiz hodisa, afsuski, dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofat natijasida ro‘y berdi. O‘zbekiston tomoni barcha tafsilotlarni aniqlash uchun sinchkovlik bilan tergov o‘tkazmoqda. Shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanlariga tez orada qaytarishda to‘liq yordam berishga tayyormiz", - deyiladi elchixona xabarida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110818 | Инструменты