Huawei 1
8-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda

Hujjat bilan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Sement zavodlari imtiyozlar hisobiga 250 mlrd so‘mni o‘zida saqlab qoldi

O‘zbekistonda sement ishlab chiqaruvchilari 2024-yildan boshlab berilgan soliq imtiyozlari tufayli 250 milliard so‘mni o‘z ixtiyorida saqlab qoladi.

Ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to'lashdan ozod qilindi

Qonun bilan ko'p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to'lovlarni undirish bo'yicha sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati belgilandi.

Ayrim tadbirkorlarga to'langan solig'ining bir qismi qaytarib beriladi

Hukumat qarori bilan umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga byudjetga to'langan qo'shilgan qiymat solig'ining bir qismini qaytarish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizomi tasdiqlandi.

“Qamchiq” dovonida tosh ko‘chkilarning oldini olish choralari kuchaytirildi

Qashqadaryodagi “Taxtaqoracha” dovonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisadan so‘ng maxsus tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Markaziy Osiyoda elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda

Bu haqda Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov maʼlum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Jahon banki va boshqa institutlar bilan birgalikda ushbu platforma ustida ishlamoqda.

Birjada suyultirilgan gaz narxi arzonlashda davom etmoqda

8-noyabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan birja savdolari natijalariga ko‘ra, suyultirilgan gazning narxi noyabr oyining boshlariga nisbatan 14%ga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 8 724 ming so‘mni tashkil etdi (bir litr uchun o‘rtacha 5 520 so‘m).

Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi 

Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga egalik huquqini berish haqidagi qonun kuchga kirdi

Mazkur tartibning kuchga kirishi munosabati bilan Kadastr agentligi direktori aholiga murojaat yo‘lladi.

Toshkent metropolitenining 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona tashkil etiladi

Toshkent metrosining gavjum bo‘lgan 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona quriladi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $43,14 mlrdga yetdi

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari bir oyda $2 mlrddan ortiqqa oshib, $43,14 mlrdni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110820 | Инструменты