Buyuk Britaniya ham O‘zbekistonning “Uzstanex” kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Britaniya hukumati saytida keltirilgan.
Britaniya hukumati kompaniyani Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirishga yordam bergan moliyaviy va iqtisodiy resurslar, tovarlar yoki texnologiyalarni taqdim etishda ayblamoqda.
Avvalroq AQSH Moliya vazirligi O‘zbekistondan ikki kompaniya — “Uzstanex” va “The Elite Investment Group"ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Uzstanex” 2018-yil iyul oyida ro‘yxatdan o‘tgan va “mexanik dastgohlarning ulgurji savdosi” bilan shug‘ullanadi. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan kompaniyaning ustav fondi 65 mln so‘mni tashkil etadi. Firmaning yagona ta’sischisi — Abramov Vasiliy Vitalevich, uning direktori — Boysov Dmitriy Aleksandrovich.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110819 | Инструменты