Shimoliy Koreya askarlari allaqachon Kursk viloyatida Ukraina qurolli kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashmoqda va birinchi yo‘qotishlarni ko‘rishmoqda, deydi Vladimir Zelenskiy. Kiyev jahon hamjamiyatidan bu holatga qat’iy munosabat bildirishni talab qilmoqda
Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatida joylashgan shimoliy koreyalik askarlarning bir qismi allaqachon Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi janglarda qatnashmoqda va bu jarayonda ilk yo‘qotishlarga duchor bo‘ldi. Bu haqda 7-noyabr, payshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitidagi ishtiroki yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Agar dunyoning ayrim davlatlari KXDRning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etishiga “baland ovoz bilan” munosabat bildirgan bo‘lsa, boshqalari umuman munosabat bildirmagan, boshqalari esa buni “jimgina” qilgan va hozirda Kiyev ushbu uchinchi guruh bilan ishlamoqda, dedi Zelenskiy.
“Endi biz ogohlantiramiz va ishonamizki, agar biz Rossiya Federatsiyasiga nisbatan siyosiy bosim va tegishli qurol ishlatmasak, unda keyingi qadam Shimoliy Koreya kontingentidan ancha kengroq foydalanish bo‘lishi mumkin, chunki Putin doimo dunyoning reaksiyasiga qaraydi. Menimcha, bugungi kunda bu yetarli emas”, — deya taʼkidladi Ukraina prezidenti.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110820 | Инструменты