Huawei 1
Tadbirkorlarga gaz bo‘yicha hisoblangan asossiz 3,7 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyatida tog‘-kon hamda avtomobillarga yoqilg‘i quyish faoliyatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari “HUDUDGAZTA‘MINOT” AJ va uning “HUDUDGAZ JIZZAX” gaz taʼminoti filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasiga murojaatlar qoldirgan.

Mazkur murojaatlar yuzasidan Qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, asossiz hisoblangan 3,7 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik “HUDUDGAZTA‘MINOT” AJning maxsus elektron dasturida hisobdan chiqarilishi taʼminlanib, tadbirkorlarning huquqiy manfaatlari himoya qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110820 | Инструменты