Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bosh prokuratura hamkorligida Buxoro va Navoiy viloyatlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlarni yaratish, shu jumladan, choʻl hududlarda yashil maydonlarni koʻpaytirish masalalari oʻrganilmoqda.
Ma'lumot uchun, mintaqa, asosan, choʻl va yarim choʻl hududlardan iborat. Natijada qum koʻchishi va qum-chang boʻronlari koʻtarilishi doimiy sodir bo'ladi va choʻllanish jarayonlari taʼsirida oxirgi besh yilda Buxoro va Navoiy viloyatlarida bir million gektardan ortiq yer maydonlari degradatsiyaga uchragan. Shuningdek, shamol eroziyasi va choʻllanishning oldini olishga xizmat qiluvchi saksovul, yulgʻun, qandim kabi oʻsimliklarning noqonuniy kesilishi holatlari ham vaziyatga salbiy taʼsir qilmoqda.
Ta'kidlash joizki, atmosferaga qum-chang zarralari koʻtarilishi va atrof-muhitga yogʻilishi mahalliy aholi salomatligi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda qishloq xoʻjaligi hosildorligiga xavf tugʻdiradi. Shu sababli Prezidentimiz tashabbusi bilan choʻllanishga qarshi kurash va uning aholi turmush darajasi salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar belgilanib, Buxoro va Navoiy viloyatlarining choʻl va yarim choʻl hududlarida yashil maydonlarni koʻpaytirish boʻyicha dastur ishlab chiqildi.
Dastur asosida ekologiya, prokuratura, oʻrmon va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ilmiy muassasalar hamkorligida kuchli choʻllanish kuzatilayotgan hududlarda bosqichma-bosqich yashil maydonlarni koʻpaytirish belgilanib, mavjud oʻsimliklar dunyosi muhofazasi qatʼiy nazoratga olindi.
Hozirda ushbu viloyatlarda choʻl oʻsimliklarining keng miqyosda noqonuniy kesilishi sabablari oʻrganilmoqda. Bunga yoʻl qoʻygan va oʻsimliklar muhofazasini taʼminlamagan mutasaddilarga nisbatan tegishli taʼsir choralari qoʻllaniladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110818 | Инструменты