Texnik sabablarga ko‘ra 2023-yilning 26-mart sanasidan ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quyida harakat vaqti o'zgargan poyezdlar ro'yxatini keltirilgan:
— 80-sonli “Toshkent — Termiz” yo‘nalishi
Toshkent 19:40 — Termiz 09:40
— 79-sonli “Termiz — Toshkent” yo‘nalishi
Termiz 17:43 — Toshkent 08:51
— 129/130-sonli “Andijon — Termiz” yo‘nalishi
Andijon 14:25 — Samarqand 01:55 — Qarshi 04:07 — Termiz 11:27
— 330-sonli “Volgograd — Dushanbe” yo‘nalishi
Volgograd 12:09 — Buxoro 15:16 — Navoiy 17:32 — Dushanbe 08:58
— 320-sonli “Volgograd — Kulyab” yo‘nalishi
Volgograd 12:09 — Buxoro 15:16 — Navoiy 17:32 — Kulyab 16:45
— 360-sonli “Volgograd — Xo‘jand” yo‘nalishi
Volgograd 12:09 — Buxoro 15:16 — Navoiy 17:32 — Xo‘jand 02:47
— 6450-sonli “Toshkent — Bekobod” yo‘nalishi
Toshkent 17:40 — Bekobod 21:26
— 6449-sonli “Bekobod — Toshkent” yo‘nalishi
Bekobod 06:50 — Toshkent 10:00
— 7-sonli “Shahrisabz — Samarqand” yo‘nalishi
Shahrisabz 07:03 — Samarqand 10:55
— 6454-sonli “Toshkent — Xavas” yo‘nalishi
Toshkent 19:10 — Xavas 22:17
Avvalroq, Islom Karimov nomidagi aeroportni Bobur ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko’prikda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 27-martdan 15-aprelgacha bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritililishi haqida xabar qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20107 | Инструменты